19 Noyabr 2022 yil 700

“Maʼnaviy dunyosi boy insonning qulidan hech qachon yomonlik kelmaydi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4006-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kungi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 84-sonli qaroriga asosan, Yoshlar ishlari agentligi Nukus tumani bo‘limi bilan hamkorlikda, Nukus tumani IIB JXX probatsiya guruhi nazorat ostidagi yoshlarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, Qonunlarga hurmat ruxida tarbiyalash, qayta jinoyat sodir etilishiga yo‘l quymaslik, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, davlatimizning boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida milliy g‘urur g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maqsadida, Nukus shahridagi I.v.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat badiiy sanʼat muzeyiga “Vatanimiz bo‘ylab sayohat” nomli tadbiri tashkillashtirildi.
Sayohat davomida probatsiya guruhi hisobida jazolarini o‘tayotgan yoshlar muzey ko‘rgazmalari bilan tanishib, ota-bobolarimizning qay tarzda o‘mir kechirganligi, ularning kiygan milliy kiyimlari, taqinchoqlari, foydalangan idish-tovoqlari to‘g‘risidagi boy tarixi bilan tanishib o‘zlariga ruhiy madaniy oziq oldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech