Maʼnaviyat oyligi doirasida
Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 25 mart kundagi 79 sonli Farmoyishiga asosan, 2 aprelʼ kunidan 2 may kuniga qadar Ichki ishlar organlari “Maʼnaviyat oyligi”ni oʼtkazish belgilangan. Shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Ijtimoiy himoya boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik Odilbek Yakubov va Moliya va moddiy texnika taʼminoti departamenti boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Sherzod Kurbanovlar boshchiligida ishchi guruh Qoraqalpogʼiston Respublikasiga tashrif buyurib Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi majlislar zalida ichki ishlar organlari xodimlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʼiston Respublikasi Kengash, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vatanparvar tashkiloti, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʼiston Respublikasi boʼlimi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi xodimlari bilan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishni Qoraqalpogʼiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik I.B.Аxmedov majlisni olib bordi va Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Ijtimoiy himoya boshqarmasi boshligʼi podpolkovnik Odilbek Yakubov soʼzga chiqib Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 25 mart kunidagi “Maʼnaviyat oyligi”ni oʼtkazish toʼgʼrisidagi 79 sonli Farmoyishi mazmun mohiyati bilan tanishtirib oʼtdi hamda “Maʼnaviyat oyligi”da amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar boʼyicha rejalar belgilab olindi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV Аxborot xizmati.