3 Fevral 2024 yil 2593

Mahorat darslari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-122-son qarori ijrosi yuzasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi va Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘rtasida o‘quvchi yoshlarini kasbga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quv yili davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, rejaga asosan o‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari o‘tkazilib kelinmoqda.
2024-yil 3-fevral kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilariga “Kriminalistik ballistika va uning vazifalari, kriminalistik ballistikaning obyektlari to‘g‘risidagi ma?lumotlar, o‘qotar qurollar va o‘q dorilar, hodisa joyida o‘q otish izlarini to‘plash, qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish, qayd qilish va dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish, portlash tasnifi, portlovchi moddalar, portlatish moslamalari va obyektlarini izlash, topish, qayd etish hamda portlash texnik ekspertizasini tayinlash” mavzularida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ekspert kriminalistika markazining katta ekspertlari podpolkovnik Davlat Abdambetov, Baxtiyar Mamutov, kapitan Amanbay Arapbaev tomonidan ekspertiza imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Mashg'ulot yakunida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar

Text to speech