Tartib intizomni mustahkamlash maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi .
Shaxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomni va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV PPXvaJTSB xodimlari va ularning oila a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O'tkazilgan uchrashuvga, O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi mas'ul xodimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV PPXvaJTS boshqarmasining rahbariyati ishtirok etib, mamlakatimizda so'ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar haqida to'xtalib, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlandi.
Biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o'rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha'niga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to'xtalib, kelgusida shaxsiy tarkib o'rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo'l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qat'iy rioya qilish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.
Uchrashuv davomida xizmati davomida yaxshi natijalarga erishib hamkasblariga namuna bo'lib kelayotgan bir guruh xodimlarga vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati