5 Sentyabr 2022 yil 994

Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot

Respublikamiz hududida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olishda mardlik ko‘rsatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 3-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati inspektori safdor marhum Qayirbayev Daniyar Asqarbayevichning nomini abadiylashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi imorati yonidan marhumning esdaligi o‘rnatildi. Esdalikni tantanali  оchish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari General-mayor B.Mirzaraximov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov hamda Mo‘ynoq tumani hokimi B.Menlibekov marhumning ota-onasi shuningdek barcha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qatnashdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari General-mayor B.Mirzaraximov оchib berib, marhum D.Qayirbayev xalq uchun mardlarcha holat bo‘lganligi, uning nomi xalqmiz xotirasida mangu saqlanadi deb aytib o‘tdi. So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov yig‘ilganlarga marhumning umr bayonini o‘qib eshittirib D.Qayirbayevga Vatan oldidagi mehnatlarini inobatga olib  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 avgustdagi Farmoniga asosan  “JASORAT”  medali bilan taqdirlanganligini aytib o‘tdi hamda marhumning o‘rnatilgan esdaligini оchib, gul chambarlar quydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech