20 Oktyabr 2025 yil
59
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV uchinchi mintaqaviy hudud, Taxiatosh tumani IIBda 21-– oktyabr O‘zbekistonda Davlat tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “O‘zbek tili – onajonim tili bu!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Taxiatosh tumani Axborot kutubxona markazi rahbari va Axborot kutubxona markazi mutaxassisi tashrif buyurishdi
Tadbir ishtirokchilariga Ona
tilimiz, u bizning borliq va boyligimiz, ko‘ngil mulki, davlatimizning ulug‘
timsoli ekanligi, o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lganligi, buyuk
allomalar, xususan, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Alisher
Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk
siymolarni yetishtirgan xalq tilining nufuzi, ahamiyati va qadri nafaqat
Vatanimizda, balki xalqaro miqyosda kun sayin oshib borayotganligi xodimlarga
ya’na bir bor tushuntirildi.