10 Iyun 2020 yil 1575

IIV Malaka oshirish institutida tinglovchilar masofadan o'qitilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 6 martdagi  2/1006-sonli va Vazirlik Kadrlar Bosh boshqarmasining 2020 yil 27 maydagi 2/1886-sonli ko'rsatmasiga muvofiq, IIV Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Tashkiliy boshqarma xodimlariga masofadan o'qitilmoqda.
Masofadan o'qitish onlayn (video ma'ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o'tkazish) va offlayn (masofaviy ta'lim tizimidagi tegishli o'quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o'zlashtirish) shaklda amalga oshirilmoqda.
Tinglovchilar o'ziga berilgan login va parolь yordamida Institutning rasmiy veb-sayti orqali tizimda shaxsiy xonasida hamda tizimdagi elektron resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
O'quv jarayoni 4 ta modulь asosida bir oy muddatga mo'ljallangan bo'lib, tinglovchilar real vaqt rejimida masofaviy ta'lim tizimidagi tegishli o'quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o'zlashtirmoqdalar.
O'quv jarayoni “modulь tizimi” asosida tashkil etilib, uni yagona maqsadga yo'naltirgan holda loyihalashtirish hamda kafolatlangan natijalarga erishishga qaratilgan. Bu, o'z navbatida, sohaviy xizmat xodimlarining mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, – deydi, O'zbekiston  Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi direktorining o'rinbosari, podpolkovnik Saparbay Allambergenov.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech