1 Iyul 2024 yil 5066

#Matbuot anjumani

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “kiber-madaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber-month” doirasida kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga start berildi.
Shu munosabat bilan bugun qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar kengashi majlislar zali markaziy hamda mahalliy ommaviy AXborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar uchun matbuot  anjumani tashkil etildi. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar kengashining  birinchi orinbosari Nurullan Yerlepesov anjuman mavzusi, uning ahamiyati, oylikni otkazishdan kozlangan maqsad va mohiyat haqida batafsil toxtaldiShundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov so‘zga chiqib respublika hududida bu kabi jinoyatlarni oldini olishda targ‘ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish lozim ekanligiga to‘xtab o‘tdi. Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimlari kun tartibidagi masala yuzasidan Axborot berdilar.  Matbuot anjumanida hozirgi rivojlanib borayotgan Axborot texnologiyalari asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalar ommalashayotgan, afsuski, bundan g‘araz maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotgani, natijada, sodir etilayotgan jami jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar nisbati keskin oshib borayotganini taʼkidlab o‘tildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 1-31 iyul kunlari o‘tkazish rejalashtirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirib o‘tildi. Matbuot anjumanida davomida jurnalist, blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Eslatib o‘tamiz, targ‘ibot tadbirlari haqida batafsil “@Cyber_102” telegram kanali orqali maʼlumot olishingiz mumkin bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech