MATBUOT ANJUMANI O'TKAZILDI
Joriy yilning 2 fevralь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Anjumanga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, vazirlikning boshqarma va bo'lim boshliqlari, shuningdek qator ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
Dastlab vazir, respublikada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati, tinchlik–osoyishtalik va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, matbuot anjumani ishtirokchilari IIV binosida joylashgan «102» avtomatlashtirilgan tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Bundan so'ng Ommaviy axborot vositalari vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Azamat PIRNIYAZOV,
«Postda» muxbiri.