4 Noyabr 2025 yil 104

Matbuot anjumanida "Cyber Month" tadbirlari haqida ma’lumotlar berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpogiston Respublikasida otkazilishi rejalashtirilgan "Kibermadaniyatni oshirish va kibergigiyenani shakllantirish oyligi (Cyber Month) " tadbirlari haqida keng jamoatchilik vakillariga malumot berish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot xizmati rahbarlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi. Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar so‘nggi vaqtlarda xalqimiz orasida bank kartalari bilan bog‘liq o‘g‘irlik va firibgarlik holatlari kun sayin ortib borayotganini ma’lum qildi. Xususan, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 2618 nafar fuqaro kiberjinoyatlardan jabrlanib, 27 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Murojaatlarning:

36 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi virusli.apk fayllar va boshqa ilovalarni yuklab olish oqibatida;

15 foizi tovar va xizmatlar uchun oldindan pul o‘tkazib berishi oqibatida;

15 foizi pullarini ko‘paytirish maqsadida soxta treyderlar va investorlarga ishonishi oqibatida jabrlangan odamlardan kelib tushgan. Bu turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning zamonaviy kiberxatarlardan xabardorligi va raqamli savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Kiber oy" tadbirlarining ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, oylik doirasida amalga oshiriladigan targ‘ibot tadbirlari, seminar-treninglar, uchrashuvlar, aksiyalar va turli tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Text to speech