12 Mart 2024 yil 3510

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ham uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar o‘rtasida xizmat va ijrochilik hamda qonunchilikni mustahkamlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratov boshchiligida olib borildi. Shuningdek yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik B.Sayfullayev, bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.Raxmatullayev va O‘zbekiston Respublikasi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimi tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda qonunchilik, xizmat va ijro intizomiga qatʼiy amal qilishlari, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shaxsiy tarkibga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Text to speech