Mo‘ynoq tumanida “mahallabay” ishlar olib borilishi o‘rganildi
Joriy yilning 14 aprel kuni,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev Mo‘ynoq tumani IIBga tashrif buyurib, IIBning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan,tuman IIBning majlislar zalida tumanning barcha mahalla raislari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularga mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda “mahallabay” va “fuqarobay” ish tashkil qilish, “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”lariga hisobga olgan fuqarolarni xatlovdan o‘tkazib borish, mehnatga layoqatli ishsizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatib borish, shuningdek, kelgusida hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan manzilli ishlashga qaratilgan “Xavfsiz hovli” tizimini yo‘lga qo‘yish lozimligi haqida tushuntirildi.
Shu kuni, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev joriy yilda tumandagi ko‘p jinoyat sodir etilgan “Bo‘zatov” OFY hududiga borib, mahalla faollari bilan birgalikda,hududda sodir etilgan jinoyatlar birma-bir muhokama qilinib, kelgusida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tegishli chora tadbirlar belgilanib olindi hamda ushbu hududda xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorining faoliyatini o‘rganish maqsadida uning xizmat xonasiga borib, ish sharoitlari hamda yurituvidagi hujjatlar, tergovga qadar tekshiruv materiallari o‘rganildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi