29 Mart 2025 yil 443

Muborak Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olish, shuningdek, hayit bayramlari vaqtida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maxsus yo‘riqnoma o‘tkazildi

Barcha masjidlarda “Ramazon hayiti” namoziga tayyorgarlik ko‘rish va namoz vaqtida jamoat tartibi hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha Ichki ishlar organlari, milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari xizmatga jalb etilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 29 mart kuni Nukus shahri markazida joylashgan Imam Ishan Muxammed masjidi oldida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maxsus yig‘ini o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri ishtirok etib xodimlarga tadbir davomida fuqarolar bilan hush muomalada bo‘lish, bayram tadbirlari davomida hushyorlikni oshirish, xizmat vazifalariga sidqidildan yondashish kerakligi tushuntirilib o‘tildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech