17 Aprel 2021 yil 971

Mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.  

Shu yilning 17 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida majlisda bir qator xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Majlisni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ochdi va olib bordi. Unda taʼkidlanganidek, Prezident Sh.Mirziyoyev joriy yilning 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Ichki ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan majlisida sohaga oid bir qator topshiriqlar berdi. Shundan kelib chiqqan holda  1-7 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general–leytenant P.Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilik va uning barvaqt oldini olish, hamda aholining turmush darajasini oshirish yuzasidan sektorlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, bir qator soha xodimlaridan faoliyatiga yana-da qulay imkoniyat yaratish maqsadida planshet, kompyuter va xizmat avtomashinalari topshirildi.
Shuningdek, ushbu o‘rganishlar natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri tomonidan joriy yil 14 aprel kungi bo‘yrug‘iga asos joylardagi xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir qator xodimlar rag‘batlantirilgan edi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining  Aʼlo xizmatlari uchun”, ko‘krak nishoni, “Faxriy yorlig‘i”, “Esdalik qo‘l soati” va pul mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida, tizimda korrupsiya jinoyatlarining sodir bo‘lishining oldini olib o‘zlariga nisbatan pora tariqasida maʼlum miqdorda pul taklif qilayotgan holat yuzasidan o‘z vaqtida vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan maʼlum qilib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarini sidqidildan bajarib, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda fidokorona xizmat qilib, ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga loyiq harakat qilganligi uchun Xo‘jayli tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A. Qunnazarov va Taxiatosh tumani IIB yo‘l harakat xavfsizligi guruhi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori  kapitan A.Bekbosinovlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘yruqlari bilan  pul mukofotlari ularning ota-onalariga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bundan tashqari 2021 yil 6-10 aprel kunlarida Namangan shahrida sportning muaytay turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi tarkibida ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egallab, yuqori natijalarga erishganligi uchun Vazirlikning Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi serjant Baymuratov Ongar Ayapbergen o‘g‘li pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov rag‘batlantirilgan xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida yana-da masʼuliyat bilan yondashib bundan ham yuqori mukofotlarga sazovor bo‘lishlarini tiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech