9 Sentyabr 2023 yil 804

Musobaqa g‘oliblari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari oraligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning «Fudzal» turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazish belgilangan edi.

Musobaqa joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari Nukus shahrida joylashgan Nukus olimpiya ham paralimpiya sport turlariga tayyorlov markazining yopiq zalida o‘tkazildi. Musobaqa saviyali va qizg‘in murosalarga tuli bo‘ldi. Musobaqaga vazirlikning boshqarma, bo‘lim, sohaviy xizmatlari hamda Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va tuman ichki ishlar bo‘limlarining shaxsiy tarkiblaridan tashkil topgan jamoalari qatnashdi.

Ikki kun davom etgan musobaqa ishtirokchi jomalaridan eng kuchlilar saralanib g‘oliblar aniqlandi

3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terma jamoasi

2-o‘rinni Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

Faxrli 1-o‘rinni esa vazirlikning tezkor vazifalini bajaruvchi safarbar otryadi jamoasi egalladi

Musobaqa g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan diplom va qimmat boqali sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi

Faxrli 1-o‘rinni egallagan jamoa esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik G‘ulomjon Eshimbetov tomonidan «ichki ishlar vaziri kubogi» tantanali ravishda topshirildi hamda g‘olib bo‘lgan jamoalarga zafarlar yor bo‘lishini tiladi. G‘olib bo‘lgan jamoa esa O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga yollama oldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati       

Text to speech