Musobaqa g‘oliblari taqdirlandi
Joriy yilning 10-14 fevral kunlari “Voleybol” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kubogi musobaqasining final o‘yinlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘rinlarda saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Surxondaryo viloyati IIB, Navoiy viloyati IIB, Jazoni ijro etish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Toshkent shahar IIBB, Andijon viloyati IIB hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi jamoalari o‘z ora ko‘ch sinashadi. 14-fevral kuni musobaqaning yakuniy o‘yinlari, yaʼni birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun bahslar o‘tkazildi. Uchinchi o‘rin uchun Navoiy viloyati IIB va Surxondaryo viloyati IIB jamoalari bellashdi. Qizg‘in tarzda o‘tkazilgan o‘yinda Navoiy viloyati IIB jomasi raqiblarini 3:1 hisobida yengib, musobaqaning uchinchi o‘rinni egallashdi. Faxri birinchi o‘rin uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va Jazoni ijro etish departamenti jomalari o‘z aro kuch sinashdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jomasi raqibidan kuchli ekkanligini ko‘rsatib, yakunda 3:0 hisobida yengib chiqdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Jazoni ijro etish departamenti jomasi esa ikkinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov so‘zga chiqib, yurtimizda Prezidentimizning tashabbusi bilan Ichki ishlar organlari tizimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga to‘xtaldi va musobaqa g‘oliblarini tabrikladi. Shundan so‘ng, musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati