Tartib intizomni mustahkamlashga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Xatamov huzurida Ichki ishlar organlarida 2020 yilning 8 oyi mobaynida shaxsiy tarkib bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlanib o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni shaxsiy tarkibga yetkazish hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomni va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilgan yig‘ilishlarda, mamlakatimizda so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida to‘xtalib, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlandi.
Xodimlarga, uy-joylar va avtotransportlar olish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotligi, salomatligini tiklash uchun dam olish va davolanish maskanlariga tibbiy yo‘llanmalar, shuningdek, farzandlariga oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma)lar berilayotganligini aytib o‘tildi.
Biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o‘rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim shaʼniga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to‘xtalib, kelgusida shaxsiy tarkib o‘rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo‘l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qatʼiy rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati