24 Dekabr 2020 yil 887

Tartib intizomni mustahkamlash maqsadida.

haxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomni va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV 27, 28-sonli manzil koloniyalari, Qo'ng'irot, Qonliko'l, Moynoq Sho'manoy tumanlari IIB va Transportda xavfsizligini ta'minlash boshqarmalari shaxsiy tarkibi bilan yig'ilishlar o'tkazildi.
O'tkazilgan yig'ilishlarga, O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi boshlig'i podpolkovnik Sh.Qudiyarov, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Kadrlar boshkarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik P.Berdanov va tuman IIB boshliqlari ishtirok etib, mamlakatimizda so'ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar  haqida to'xtalib, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan,  balki xodimlarni  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlandi.
Xodimlarga, uy-joylar va avtotransportlar olish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi, salomatligini tiklash uchun dam olish va davolanish maskanlariga tibbiy yo'llanmalar, shuningdek, farzandlariga oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma)lar  berilayotganligini aytib o'tildi.
Biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o'rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha'niga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to'xtalib,  kelgusida shaxsiy tarkib o'rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo'l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qat'iy rioya qilish  yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Qoraqalpog'iston Resublikasi IIV Axborot xizmati
 

 

Text to speech