6 Sentyabr 2021 yil 928

Mustaqillik darslari o‘tkazildi

O‘zbekistonning milliy bayrami – Mustaqillik kunini xalqimiz doim eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida nishonlaydi. Ta’lim muassasalaridagi ilk dars soatlari ham ushbu sanaga bag‘ishlanishi an’anaga aylangan. Mustaqillik darslari, ayniqsa, huquqiy yo‘nalishdagi ta’lim dargohlarida katta shukuh bilan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi va IIV Qoraqalpoq akademik litseyida uquv yilining dastlabki kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedovlar ishtirok etishdi.
Dars jarayonlarida, Mustaqillik – buyuk ne’mat ekanligi, uning zamirida erkin va farovon hayot mujassamligi, shu boisdan azal-azaldan har bir xalq o‘z erki va ozodligi uchun matonat bilan kurashib kelganligi ta’kidlandi.
Shuningdek tadbir davomida, o‘qutivchi va xodimlarga «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» ko‘krak nishonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari IIVlarining buyruqlari bilan faxriy yorliqlar va sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech