Respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 10 kunlik tadbiri” doirasida jamoat tartibini taʼminlash, fuqarolar xavfsizligini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining xizmat oldi yig‘ini o‘tkazildi
Unda so‘zga
chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Umid
Nurullayev tadbirning maqsad va vazifalari yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
U o‘z nutqida ushbu 10 kunlik tadbirning asosiy maqsadi — aholi orasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, profilaktik suhbatlar o‘tkazish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, hamda jamoat tartibini taʼminlashda tizimli yondashuvni taʼminlashdan iborat ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibdan xizmatni sidqidildan, yuksak masʼuliyat va intizom bilan bajarish, qonunlarga qatʼiy rioya qilish, aholi bilan muloqotda hurmat va samimiylikni saqlash talab etilishi alohida qayd etildi. Xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ushbu tadbir davomida birdamlik va muvofiqlikda ish yuritish lozimligi taʼkidlandi.