17 Oktyabr 2023 yil 3335

“Namunali hudud metodikasi” yaratish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

 Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish, ularning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etishda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda “Namunali hudud metodikasi” yaratish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Akademiya rahbariyatining tegishli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Reja-topshiriq” ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus va TAXIATOSH tumanlarida joylashgan “qizil mahalla”lardagi kriminogen vaziyat tahlil qilinmoqda. Xususan, Samanbay, Dexon Arna va Markaziy mahallalariga borilib, hudud profilaktika inspektorlari bilan mahallada sodir etilgan jinoyatlar va ularga sabab bo‘lgan omillar o‘rganildi. Zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Text to speech