24 Aprel 2021 yil 912

Navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 4 dekabrdagi F–5408-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tajribasi sifatida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida tashkil etilib, 2019-2020 yillarda mazkur o‘quv kurslarida 1358 nafar ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi.O‘quv  kurslarning asosiy maqsadi – xodimlarning maʼnaviy-vatanparvarligini yana-da oshirish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash bo‘yicha vazifalarni hal etishda Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari va harbiy xizmatchilarining uzviy hamkorligini tashkil etish, ularda jamoaviylik, uyushqoqlik hamda vazifalarni bajarishda daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish tizimini takomillashtirishdir.O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma o‘quv dasturiga muvofiq, o‘quv kurslari davomiyligi 14 kundan 30 kunga uzaytirildi.O‘quv kurslariga jalb etilayotgan tinglovchilar soni 60 nafarni tashkil etib, tinglovchilar 4 ta guruhga ofitserlar guruhi hamda serjant-safdorlar guruhlari bo‘linishi belgilab olindi.Eʼtiborli jihati shundaki, topshiriqqa muvofiq, yangi tahrirdagi o‘quv dasturlarida belgilangan 8 ta o‘quv fanlaridan maʼruza mashg‘ulotlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Malaka oshirish instituti, Qurolli Kuchlar Akademiyasi hamda Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan videokonferensiya tarzida o‘tkazildi.2021 yilning 24 aprel kuni  ushbu kursning 2021 yildagi uchunchi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i polkovnik D.Ilhomov ishtirok etdi. Tadbirda o‘quv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar va faxriy yorliqlar topshirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech