Navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslarni onlayn qabul qilish tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 30 iyul kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan “Xalq qabulxonalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, respublika prokuraturasi va ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn qabullar o‘tkazish” jadvaliga asosan, Chimboy tumani Xalq qabulxonasi binosidan qatnashayotgan
Chimboy tumani aholisi bilan onlayn qabul o‘tkazildi.
Onlayn qabulga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi,Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi
va Ichki ishlar vazirligi rahbariyati qatnashdi.
Onlayn qabul davomida, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, “kredit masalasidagi tushunmovchilikni hal etishda amaliy yordam berish hamda jinoyat ishlari yuzasidan qabul qilingan qarorlardan norozilik” kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda arizalar qabul qilinib,
ijrosi nazoratga olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi