Navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsligi Аmir Temur bobomiz tavalludining 686 yilligiga bagʼishlandi.
Joriy yilning 9 aprelь kuni boʼlib oʼtgan maʼnaviyat va maʼrifat darsligida «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz» shiori ostida oʼtkazilayotgan «Maʼnaviyat oyligi» doirasida buyuk davlat arbobi sarkarda adolat kurashchisi bobokalonimiz Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida «Аmir Temur davrida ilim fan va madaniyat» mavzusida maʼnaviy maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik I.B.Аxmedov olib bordi.
Tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi IIV “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tarix fani oʼqituvchisi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Timurbek Аmetov tomonidan bobokalonimiz Аmir Temurning hayoti va harbiy saltanati davlat boshqaruv tartibi haqida keng turda maʼlumot berib, xodimlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.
Shuningdek tadbir yakunida bir qator xodimlarga Navbatdagi maxsus mayor podpolkovnik unvonlari berildi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIM Аxborot xizmati.