11 Mart 2024 yil
3362
Navbatdagi «Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi» bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV majlislar zalida «Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi» bo‘lib
o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
podpolkovnik G‘. Eshimbetov olib bordi. «Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi» ning
navbatdagi mavzusi “Ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor
masaladir!” mavzusida
Vazirlikning Yo‘l harakati
xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan mavzu to‘g‘risida batafsil
maʼlumotlar berildi. Shundan so‘ng “O‘tgan hafta davomida,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki siyosatidagi keng qamrovli islohotlar,
yangilanishlar, Prezidentimizning rasmiy safarlari” to‘g‘risida shaxsiy tarkib eʼtiboriga
tanishtiradi. Shuningdek
“O‘tgan hafta davomida, Jahon siyosati va xalqaro munosabatlardagi yangiliklar”
to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Kun tartibining 2 qismida navbatdagi maxsus unvon olgan xodimlarni taqdirlash
marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi IIVning 400-sonli
buyrug‘iga asosan, 2023 yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan sinov imtihonlari
natijasiga ko‘ra maʼnaviy-maʼrifiy bilim darajasi “aʼlo” baholangan
xodimlar hamda ularning ota-onalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki
ishlar vazirining tashakkurnomalari topshirildi. Shundan so‘ning O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar
ittifoqi tomonidan “8 mart Xalqaro xotin qizlar bayrami kuni” munosabati bilan
2024 yil 7 mart kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Huquqni
muhofaza qilish organlarda faoliyat yuritayotgan xotin qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan
“Zakovat” intellektual
o‘yinida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egallaganliklari uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jamoasi aʼzolariga diplomlar tantanali
ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati