23 Fevral 2023 yil 282

Navbatdagi sayyor qabul Do‘stlik MFYda bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, fuqarolar muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, aholini qiynayotgan masalalarni birgalikda hal etish maqsadida tuman sektor rahbarlarining hududlarda sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.

Beruniy tumani Do‘stlik Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 65-sonli maktabda tumanning 2 sektor boshlig‘i M.Atajanov va  3 sektor boshlig‘i M.Muratovlarning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida  Sektor rahbarlari tomonidan,  fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib ularni hal qilish choralari ko‘rildi.

Xususan qabul davomida 10 nafar fuqarodan, 12 ta murojaat tushdi. Shundan bandlik, kommunal xizmatlar sifatini oshirish ichki yo‘llarni shag‘al bilan tekislash, kadastr, bolalar maydonchalarini tashkil qilish mavjud maydonchalarni qayta taʼmirlash kabi masalalaridagi jami 3 ta murojaat ijobiy hal qilindi. 6 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi. 3 ta murojaat nazoratga olindi.

Text to speech