“Eng yaxshi” tergovchi hamda “Eng yaxshi” tezkor xodim tanlovi o‘tkazildi
Ichki ishlar
organlari xodimlarining kasbiy bilim darajasini, shuningdek jismoniy va
jangovar tayyorligini aniqlash maqsadida tanlov ham musobaqalar
tashkillashtirilib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
2021-yil 24-avgust kungi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni
aniqlash bo‘yicha respublika tanlovni tashkillashtirish tadbirlari haqidagi”
539-sonli Qarori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
2024-yil 31-iyul kungi buyrug‘iga asosan, joriy yilning 27-avgust kuni Vazirlik
huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari
xodimlari orasida “Eng yaxshi tergovchi” hamda “Eng yaxshi tezkor xodim”
tanlovi o‘tkazildi. Yuqori saviyada tashkillashtirilgan tanlovda tergov
bo‘linmalari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorligini, bilim darajasi
shuningdek Individual psixologik darajalari sinovdan o‘tkazildi