11 Yanvar 2024 yil 4129

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 9-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g’urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida 7261 harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari hamda Shimoliy g’arbiy harbiy okrugiga qarashli 21131 harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirga Qoraqalpoq davlat pedogika universiteti talabalarini harbiy kasbga yo’naltirish hamda Qurolli Kuchlarning shakllanishi va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish, shuningdek, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni namoyish etgan holda tadbir tashkillashtirildi. Tadbir davomida muddatli harbiy xizmatchilar va yoshlarni Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, “Armiya va xalq yakdildir” mavzusida uchrashuv tashkil etildi hamda tadbir so’ngida Shimoliy g’arbiy harbiy okrugining tarixiy muzeyi hamda kutubxonasiga tashruf buyurishdilar. Tashruf davomida Shimoliy g’arbiy harbiy okrugiga qarashli kutubxona hamda muzey haqida batafsil tushunchalarga ega bo’lishdilar. Qoraqalpoq davlat pedogika universiteti talabalarini va harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar

 

Text to speech