3 Dekabr 2024 yil
3240
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Tadbirni Qoraqalpog‘iston tibbiyot
instituti rektori Oral Ataniyazova ochib berib yig‘ilgan talaba yoshlarni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32 yilligi
bilan samimiy tabrikladi. Undan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar
vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev so‘zga chiqib yangi qabul
qilingan Konstitutsiyaning mazmun mohiyati unga kiritilgan o‘zgarish va
ko‘chimchalari haqida yig‘ilganlarga batafsil maʼlumotlar berdilar. Shuningdek
Konstitutsiyamizning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga
kiritilayotgan yutuqlarining bosh omili ekanini takitlab o‘tdi. Tadbir
so‘ngida talaba yoshlar tomonidan masʼullarga o‘zlarining qiziqtirgan
savollariga javoblar oldi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati