6 Iyun 2023 yil 694

Nukus shahrida fohishaxona tashkil qilgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 11 may kuni Nukus shahri Qosko‘l 3 mahallasi raqamsiz uyda yashovchi 2004 yil tug‘ilgan U.I hamda Nukus shahrida yashovchi 1996 yil tug‘ilgan O.R lar Nukus shahri Chimbay guzarida joylashgan uylarning birida K.A hamda S.A ismli fuqarolarga jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun 100.000 sum pullarini olib sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati  

 

Text to speech