Nukus shahri hududida “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Nukus shahri hududida o‘rganish ishlarini olib bordi. Dastlab Nukus shahrida joylashgan Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB hududidagi Naubahar MFY da tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi hamda hududda joylashgan Yuridik texnikumi yotoqxonadagi o‘quvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek Nukus shahri hududida yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida xizmatga biriktirilgan YPX xodimlari bilan uchrashib xizmat vaqtida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish kerakligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi. Shuningdek fuqarolar ko‘p to‘planadigan Nukus Dehqon bozori oldida joylashgan video kuzatuv moslamalarini ko‘zdan kechirdi “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri respublikamiz bo‘ylab davom etadi
Qoraqalpog‘iston
respublikasi IIV Axborot xizmati