Nukus shahri hududida «Xavfsiz shahar» keng qamrovli profilaktik tadbir amalga oshirildi
Nukus shahri hududida jinoyatchilik
hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday
hodisalarning barvaqt oldini olish bo‘yicha Nukus shahri hududida keng qamrovli
tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar
vazirligi, Milliy gvardiya, hamda huquqni muhofaza kiluvchi tashkilotlar
ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar
vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga shahar
hududida jamoat tartibini saqlash fuqarolar xavfsizligini taʼminlash yuzasida
topshiriq berdi. Shundan so‘ng so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Bas
prokurorining 1 o‘rinbosari Baxriddin Valiyev davom ettirib xodimlarga
fuqarolar bilan hush muomalada bo‘lib xizmat olib borish kerakligi
tushuntirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati