14 Sentyabr 2023 yil 875

Nukus shahrida “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan ishlarning borishi yuzasidan Nukus shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Jumladan shahardagi mahallalarda “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur jarayonda shahardagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari, mahalla beshligi yaʼni fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida sodir etilishi mumkun bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Talabalar uyi faoliyati, unda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Jarayonda rahbarlar hudud  tinchligi va osoyishtaligiga masʼul xodimlar faoliyati bilan bog‘liq kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan o‘z tavsiya va topshiriqlarini berishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech