Nukus shahrida yo‘l transport hodisalarining oldini olish haydovchilar va yo‘lovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha reyd tadbirlari olib borildi
Joriy
yilning 13 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat
xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l patrul xizmati
inspektorlari tomonidan Nukus shahri hududida Yo‘l transport hodisalarining
oldini olish yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida reyd
tadbirlari olib borildi. Reyd tadbirlari davomida bir svetoforning qizil
chirog‘iga rioya etmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik shuningdek
piyodalar tomonidan belgilanmagan joylarda o‘tishlari hamda quloqchinlardan
foydalangan xolda yo‘ldan kesib o‘tib yo‘l harakati qoidalariga rioya etmaslik
jarayonlari kuzatildi hamda bu kabi qoida bo‘zar haydovchi va piyodalarga
maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmat