Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning sayyor qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 24 oktyabr kuni Nukus shahridagi
“Istiqlol” bolalar dam olish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul
jarayonida fuqarolar vazirga Ichki ishlar organlariga oid, shuningdek, ijtimoiy
hayotidagi o‘z masala va muammosini aytib, atroflicha javob olishdi. Qabul
davomida har bir murojaat tegishli mutaxassislar ishtirokida, joyida atroflicha
o‘rganib chiqildi. Eʼtiborlisi murojaatlarning ko‘pchiligi joyida ijobiy yechim
topdi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan murojaatlarning ijrosi nazoratga
olindi. Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy
maqsad inson qadri ustuvor darajaga ko‘tarilgan jamiyatimizda fuqarolarning
kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammolarni joyiga borib bartaraf etib,
ularni hayotidan rozi qilishdir
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati