4 Aprel 2025 yil
1016
Nukus shahrida sportning Voleybol turi bo‘yicha U-19 yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionati musobaqasiga start berildi.
Joriy yilning 3-aprel kuni voleybol
sport turi bo‘yicha U-19 yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston
chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.Torebekov, Sport vaziri E.Qutibayev va
boshqa mehmonlar ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan
so‘ng o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida o‘yinlarga start berilib, o‘yin
qizg‘in tus olmoqda. Musobaqa natijalari bo‘yicha keyingi dasturlarimiz haqida
xabar berib boramiz.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati