Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan xodimlar faoliyati o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik
Jasurbek Atayev va Respublika prokurorining o‘rinbosari Oybek
Shamuratovlar boshchiligida Nukus shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash,
jamoat tartibini va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlar va har
xil noxush holatlarning oldini olish borasida tungi xizmatga jalb qilingan
xodimlarning ish faoliyati o‘rgandi. Nukus shahri markazidagi yangi yil bayram
o‘tkazilishi belgilangan joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga tungi
naryadga jalb qilingan xodimlarning xizmat faoliyati bilan tanishdi salbiy
holatlarning oldini olish, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning
xavfsizligini taʼminlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida
topshiriqlar berdi. Shuningdek, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish boshqarmasida tungi naryadga biriktirilgan xodimlar faoliyati
bilan tanishdi Nukus shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarda
barqarorligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni
taʼkidlab o‘tdi. O‘rganishlar davomida Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan
aholi va tashkilotlarga issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi isitish
qozonxonalar faoliyati bilan tanishib, aholiga o‘zliksiz issiqlik energiyasi
taʼminlash borasida ham topshir berdi.