Nukus shahridagi qizil toifadagi kirgan mahallalar faoliyati o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining bosh inspektori polkovnik Farxod Eshboyevich
Jo‘rayev Nukus shahri 3-sektor hududida joylashgan kriminogen
vaziyati og‘ir bo‘lgan, qizil toifaga kiruvchi
"Tung‘ish qonis"
mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil
28 iyul kuni "Hududlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va
jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda bu boradagi ustuvor vazifalari"ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlarining ijrosining
taʼminlanishi, mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda
kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatlarni barvaqt oldini olish
yuzasidan mahallada yo‘l xaritasi ishlab chiqilishini tashkillashtirish,
mahallada sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va shart - sharoitlarini
bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil
etilishini, "mahalla beshligi" aʼzolari faoliyatini samarali tashkil
etish, uning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, mahallada aholi, ayniqsa
yoshlar o‘rtasida “Maʼnaviyat soatlari" va "Huquqiy bilimlar"
mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini tashkillashtirish hamda ularga zarur amaliy va
uslubiy yordam ko‘rsatilishini tashkillashtirish borasidagi faoliyatini
o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati