Nukus shahri “Altin Jag‘is” mahallasida ikki yil davomida bironta ham jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmaganligi uchun mahallaga biriktirilgan masʼul xodimlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Joriy yilning 30-mart kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Prezident Sh.M.Mirziyoyev Nukus shahri “Altin Jag‘is” mahallasida bo‘ldi.
Aytib o‘tish joiz, Nukus shahri “Altin Jag‘is” mahallasida ikki yil davomida bironta ham jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi, buning sababi mahalla vakillari yaʼni mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi hamjihatlikda aholi muammolarini uyma-uy yurish orqali o‘rganib, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bartaraf qilish natijasida aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi hisoblanadi.
Ushbu mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali ishlarni tashkillashtirganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullayev ko‘rsatmasi bilan mahalla vakillari yaʼni mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining har biri 3 (uch) million so‘m, 2 nafar jamoatchilik vakillari pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Hozirda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan yangicha ishlash tizimi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar-tumanlarida samarali ishlarni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kun tartibidagi birinchi masalaga aylangan.
Nukus shahri “Altin Jag‘is” mahallasida ikki yil davomida bironta ham jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi uchun mahallaga biriktirilgan masʼul xodimlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati