Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.
Joriy yilning 6-mart kuni Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti yonidagi akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov respublika sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla raislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda jinoyatning kelib chiqish sabablari, shuningdek fuqarolarimiz tomonidan spirtli ichimliklar isteʼmol qilishlari oqibatida bunday jinoyatlarining yuz berayotganligi keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi. Kelgusida har qanday jinoyatlarning barvaqt oldini olish choralari ko‘rishligi lozim ekanligi tushuntirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati