11 Mart 2021 yil 881

Nukus shahrida jinoyatchilikning oldini olishga qaratildi.

Joriy yilning 11 mart kuni Nukus shahridagi 1-sonli akademik litseyda 3-sektor  hududida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari boshliqlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri S.Turmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik O.Turdibayev nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik X.Ochilov va Nukus shahar hokimining o‘rinbosari  A.Bekmuratovlar ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan, Nukus shahrida jinoyatchilikning oldini olishda mahallaboy va xonadonboy ishlarni olib borish bunda oldin jinoyat sodir etib sudlangan, probatsiya hisobidagi va jinoyat qilishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlab ular bilan zaruriy profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, jamoat joylarida ayniqsa kechgi vaqtlarda odamlar ko‘p to‘pladigan joylarda naryadlar tashkillashtirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, shahar hududidagi jinoyatchilik oshishi oqibatida qizil hududga kirgan mahallalarda jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va sharoitlari muhokama qilinib, kelgusida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech