12 Oktyabr 2024 yil 1454

Nukus Temurbeklar maktabida “Nuroniylar — yoshlar nigohida” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 816-son qaroriga asosan, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yana-da oshirish maqsadida har yil oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan. Haftalik munosabati bilan litseyda ibratli hayot yo‘li va mehnati bilan aholi o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozongan nafaqaxo‘rlar ishtirokida “Nuroniylar — yoshlar nigohida” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda IIV Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi podpolkovnik F.Sankibayev, kengash aʼzolari isteʼfodagi podpolkovniklar M.Masharipov, O.Turdimuratov, Q.Omirzakov o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldilar. Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarni tafakkur qilishga, yurt istiqboli uchun masʼuliyatli bo‘lishga undaydi. Muloqot shaklida bo‘lgan uchrashuv o‘tgan kunlarni xotirlash, bugungi o‘zgarishlarga shukronalar aytish – kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qiladi. Zero ko‘pni ko‘rgan ustozlar tajribasi yoshlar uchun katta ibrat maktabidir.

Text to speech