16 Iyun 2023 yil 358

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi bitiruvchilarining bitiruv kechasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir o‘rinbosari tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyun kunidagi PQ-4375-sonli «O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi 2020-2021 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini yo‘lga quydi. “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida umumtaʼlim fanlar, chuqurlashtirilgan fanlar va kasbiy fanlarni o‘qitilishi belgilangan. Akademik litseyda asosiy eʼtibor o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan yuksak vatanparvarlik  va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk etib tarbiyalashga  va Oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli tayyorlashga qaratiladi. Joriy o‘quv yilida Harbiy-akademik litseydi jami 103 nafar o‘quvchi bitiruv arpasida. Joriy yilning 16 iyun kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi o‘quvchilarining diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Shimoliy g‘arbiy harbiy okrugi, hamda bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi. General mayor A.Ikramov bitiruvchilarni tabriklab ularga diplomlarini topshirdi. Tadbir so‘ngida bir qator tajribali ustozlarga O‘zbekiston Respublikasi IIVning esdalik qo‘l soatlari hamda uqish davrida o‘zlarini yaxshi tarafdan ko‘rsatgan o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.  Tadbir so‘ngida bitiruvchilar tantanali marshdan shaxtam qadamlar bilan yurib o‘tishdi. Yig‘ilganlarga konsert dasturi quyib berilib Ota-onalar hamda bitiruvchilarga quvonish ulashdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech