Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan “Barhayot siiymolar” mavzusida ma'naviy—ma'rifiy, adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi
14 fevral kuni Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan “Barhayot siiymolar” mavzusida ma'naviy—ma'rifiy, adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi. Tadbirda Nukus davlat Pedagogika institutining filologiya fanlari nomzodi, dotsent Matyakubov Sa'dulla Gaipovich ishtirok etdi. Tadbir boshida sanaga bag'ishlab o'tkazilgan “Alisher Navoiy millat quyoshi”, “Boburni anglash” mavzusidagi insholar tanlovi, “Navoiy bilimdoni” va “Bobur asarlarining bilimdoni” ko'rik tanlovlarining hamda “Bobur monologi” tanlovining g'olib va sovrindorlari taqdirlandilar. Tadbirning ikkinchi qismida litsey o'quvchilari tomonidan badiiy kecha o'tkazilib, dastlab o'quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur g'azal va ruboiylaridan parchalar aytildi, keyin “Navoiy va Bobur siymosi, asarlari sahnada” mavzusida sahna chiqishlari namoyish etilib, Bobur tavallud topgan shahar “Andijon raqsi” ijro etilib, Boburning Ozodbek Nazarbekov tomonidan ijro etilgan “Lola” g'azali karaoke shaklida ishtirokchilar tomonidan kuylandi. Tadbir davomida Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan viktorina tashkil etilib, litsey xodimlari va o'quvchilari ishtirok etdilar. Bundan tashqari Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodini aks ettiruvchi yangi kitoblar taqdimoti o'tkazildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati