23 May 2022 yil 494

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1 kurs o‘quvchilari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1 kurs o‘quvchilari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.
2022 yilning 21-22 may (haftaning shanba va yakshanba) kunlari Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1 kurs o‘quvchilari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.
Litsey o‘quvchilari dala o‘quv maydonidagi yotoqxonalarga joylashib, ularga mutaxassislar tomonidan dala o‘quv maydonidagi yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi.
22 may kunidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, dastlab 5 kilometrlik masofaga yugurish, ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi va reja asosida belgilangan o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilib, o‘q-otish maydonida o‘quvchilarga AKM avtomatining, 9 mm PM makarov pistoletining taktik texnik xususiyatlari haqida tushuntirish berilib, o‘q-otish jarayonigacha bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dala o‘quv maydonida joylashgan qisqa va uzun jangovar to‘siqlardan oshib o‘tish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Harbiy ish asoslari bo‘yicha o‘quvchilarga transheyalarda va pana joylarda qanday harakat qilish tartiblari haqida batafsil maʼlumot berilib, o‘quvchilar tomonidan amaliy bajarib ko‘rsatildi. Dala o‘quv maydonida joylashgan harbiy texnikalar namoyish etilib ularning texnik taktik xususiyatlari haqida maʼlumot berilib, o‘quvchilarga qo‘l jangi mashg‘ulotlari va amaliy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy estafetalar o‘tkazildi. Bundan tashqari litsey o‘quvchilari orasida guruhlar tarkibida futbol va voleybol musobaqalari o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech