6 Fevral 2023 yil 633

Nurli maskan maktab internati faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 aprel kungi "Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-209-sonli qaroriga asosan Nukus shahrida joylashgan 10-sonli Nurli maskan maktab internati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan. Joriy yilning 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Abdullayev 10-sonli Nurli maskan maktab internatiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Jumladan, maktab internatida o‘quvchilarni tayyorlov guruhi, brayl alifbosiga mo‘ljallangan bosmaxona ishlash jarayoni, sinfxonalardagi zamonaviy i-5 rusumli kompyuterlar, yo‘l harakati xavfsizligi maydonchasi, oshxona, kutubxonalar bilan tanishib, maktab internati o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech