Umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 avgustdagi tegishli farmoyishiga asosan 21 avgust – umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni hamda 2021 yilning avgusti mahallalarni obodonlashtirish oyligi etib belgilangan.
Bugun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarida hashar tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Xodimlar tomonidan o‘zlari xizmat olib borayotgan ma’muriy binolar atrofidagi dalalarni yovvoyi o‘t-cho‘plardan tozalash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, daraxtlarga shakl berish va oqlash, devorlarni oqlash, ariq va zovurlarni tozalab, gullarga suv quyish kabi ishlarni bajarmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati