2 Iyun 2022 yil 957

ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI

Joriy yilning 2 iyun kuni Vazirlik Malaka oshirish institutida «Odam savdosi jinoyatining sodir etilish sabablari va imkon bergan shart-sharoitlari. Mazkur jinoyatning oldini olishda va qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining faoliyati» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa manfaatdor muassasalarning masʼul rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, Institutning hududiy filiallari orqali hududiy huquq-tartibot organlari, ichki ishlar organlarining masʼul rahbar va soha xodimlari, akademik litseyning professor-o‘qituvchilari masofadan ishtirok etdi.
Konferensiyada odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashishda amalga oshirilgan islohotlar, mavjud muammolar va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, davlat organlari va jamoat tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifalar, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi, deydi, Institutning Nukus filiali rahbari – akademik litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Saparbay Allambergenov.
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech