17 Iyul 2025 yil
143
Bo‘zatov tumani "Erkindarya" QFY hududida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabi binosida tuman prokurori va Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
O‘tkazilgan qabulda tegishli soha vakillari va hudud aholisi ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator maishiy muammolarga oid bo‘lgan murojaatlar kelib tushdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda o‘rganildi va murojaatlarning ijobiy yechim topishi uchun mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi. Shuningdek, qabul davomida Hurmatli Prezidentimizning "2025-yil respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirildi va fuqarolarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.