2 Sentyabr 2020 yil 981

Xizmat vaqtida holok bo'lgan xodimlarning oilalaridan xabar oldi.

Mustaqil mamlakatimizda bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ayniqsa, «Mehribonlik uyi», maxsus maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini boquvchisini yo'qotgan bolalarni va xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi ularning hol ahvollaridan tez-tez xabar olib, har bir bayram sanalarida sovg'alar ulashib kelmoqda. 1-Sentyabrь O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida holok bo'lgan xodimlarning oilalaridan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati xabar olib ularga bayram sovg'alarini topshirishdi.
O'z navbatida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan xodimlarning oila a'zolari e'tibor va g'amxo'rliklar uchun vazirlik rahbariyatiga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech